Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baxtiyor Saidov Xitoy raisi bilan uchrashdi
Si Jinping bilan ko‘plab sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘llari muhokama qilindi.
Foto: TIV
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 15 iyul kuni Tyanjin shahrida Xitoy raisi Si Jinping bilan uchrashdi.
«Uchrashuvimiz davomida hamkasblarim bilan birgalikda savdo, transport aloqalari va madaniy almashinuvlarni o‘z ichiga olgan barcha sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘llarini muhokama qildik», deb yozdi vazir ijtimoiy tarmoqda.

Saidovning ta’kidlashicha, uchrashuvda tomonlar ShHT doirasida hamkorlikni mustahkamlash, umumiy farovonlikni ta’minlash, mintaqaviy barqarorlik va taraqqiyotga ko‘maklashish borasida birgalikda harakat qilishni yana bir bor tasdiqlagan.
Mavzuga oid
00:48
Xitoy kompaniyasi odamsimon robotlar sotish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi
15:42 / 09.01.2026
“Sinxua”: 1–3 yanvarda O‘zbekistonga aviachipta bronlari 2 baravar ko‘paydi
07:56 / 08.01.2026
Dunyoda eng ko‘p choy qayerda ishlab chiqariladi?
16:33 / 06.01.2026