Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 11:02 / 19.07.2025
3257
1 daqiqa o‘qiladi
Shayxontohur tumanidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi
Shayxontohur tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.
Foto: Videodan kadr
18 iyul kuni soat 21:30 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Nurobod 2-tor ko‘chasida joylashgan shaxsiy xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 21:40 da yetib borib, yong‘in 22:13 da qurshab olindi, soat 22:33 da o‘chirildi.
Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish