Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy sobiq adliya vazirini AQShga elchi sifatida yuborishga qaror qildi
Sobiq adliya vaziri Olga Stefanishina Ukrainaning AQShdagi elchisi bo‘lishga tayyorlanmoqda, deya tasdiqladi Volodimir Zelenskiy.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy adliya vaziri Olga Stefanishinani prezidentning AQSh bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus vakili lavozimiga tayinlash haqidagi farmonni imzoladi.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Stefanishina «Ukrainaning AQShdagi elchisi lavozimiga uning nomzodini Vashington bilan muvofiqlashtirish bo‘yicha barcha tegishli tartib-qoidalar davom etayotgan bir paytda» shu lavozimda ishlaydi.
Stefanishina hukumatni tark etayotganini tasdiqladi, u bosh vazirning Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasi bo‘yicha o‘rinbosari va adliya vaziri lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, u AQSh bilan Ukraina-Amerika investitsiyalarini tiklash fondini yaratish bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etdi, dedi Zelenskiy.
Ukraina matbuoti AQShga elchi etib tayinlanishini bashorat qilgan Ukraina sobiq mudofaa vaziri Rustem Umerov, ehtimol, Rossiya bilan muzokarachi roliga e’tibor qaratadi, deb yozadi "RBK-Ukraina" manbaga tayanib.
Mavzuga oid
10:20
AQSh va Eron yana zarbalar almashdi. Eronda 3 kishi halok bo‘ldi
18:19 / 08.07.2026
AQShda tor xonada bir necha yil saqlangan 16 bola topildi
15:08 / 08.07.2026
Tramp: Eron bilan tuzilgan muvaqqat kelishuv «tugadi»
13:28 / 08.07.2026