Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada Ukraina IIV sobiq xodimi o‘lik holda topildi
Ukraina Ichki ishlar vazirligining sobiq xodimi Grushevskiyning jasadi avvalroq rossiyalik uchuvchi Kuzminov o‘ldirilgan Vilyaxoyosadagi turar joy majmuasining suzish havzasidan topildi, deb yozadi El Espanol.
Ukraina Ichki ishlar vazirligining Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash departamentining sobiq xodimi Igor Grushevskiy Ispaniyada vafot etdi, deb xabar bermoqda Ispaniyaning El Espanol gazetasi. U 2024 fevralda Ukraina Qurolli kuchlari safiga o‘tgan rossiyalik uchuvchi Maksim Kuzminov o‘ldirilgan turar joy majmuasida o‘lik holda topilgan.
Gazetaning yozishicha, Grushevskiy noaniq sharoitda vafot etgan. Uning jonsiz jasadi 29 iyun kuni mamlakat sharqidagi Vilyaxoyosa kurort posyolkasidagi Cala Alta turar joy majmuasining suzish havzasidan topilgan. Tanada zo‘ravonlikning aniq belgilari bo‘lmasa-da, uning bir qulog‘idan qon oqqan. El Espanol nashrining yozishicha, o‘limga yurakning to‘satdan to‘xtab qolishi yoki insult sabab bo‘lishi mumkin, biroq qotillik ehtimoli ham inkor etilmaydi.
61 yoshli Grushevskiy Ukraina Ichki ishlar vazirligi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash departamentining, keyinroq esa Milliy politsiyaning sobiq yuqori martabali amaldori bo‘lgan, deb yozadi gazeta. Ehtimol, u nafaqaga chiqqanidan keyin Ispaniyaga ko‘chib o‘tgan. Sobiq amaldor o‘limidan sal avval turar joy majmuasidan kvartira sotib olib, uni ta’mirlayotgan edi.
Ukraina Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning Barselonadagi bosh konsulligiga tayanib, Grushevskiy suvda cho‘kib halok bo‘lganini ma’lum qildi. «Konsullar jasadni Ukrainaga qaytarish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlashda yordam ko‘rsatdi», — deya ma’lum qildi TIV matbuot xizmati jurnalistlarga.
Mavzuga oid
14:46 / 18.06.2026
Moskva yana zarba ostida. Ukraina mingga yaqin dron uchirgan
08:45 / 18.06.2026
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
15:51 / 17.06.2026
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
22:31 / 16.06.2026