Jahon | 18:52 / 23.07.2025
3831
1 daqiqa o‘qiladi

Suriya Turkiyadan mudofaa salohiyatini mustahkamlashda yordam so‘radi

Turkiya Suriyaning mudofaa salohiyatini oshirish uchun ishlar davom ettirilishini ma’lum qildi.

Foto: AP

Suriya hukumati Turkiyaga murojaat qilib, mamlakat mudofaa salohiyatini mustahkamlash va terrorchi tashkilotlarga qarshi kurashda yordam ko‘rsatishni rasman so‘radi. Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligidagi manbalarga tayanib Anadolu xabar berdi.

«Ushbu talabga muvofiq, biz Suriyaning mudofaa salohiyatini oshirish uchun o‘qitish, maslahat berish va texnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqdamiz», deb ta’kidladi vazirlik vakillari.

Manbalarning ta’kidlashicha, Turkiya Suriyaning hududiy yaxlitligini himoya qilish, barqarorlikni saqlash va terrorchilik tashkilotlariga qarshi kurashish masalalarida qat’iy pozitsiyani saqlab qoladi.

«Milliy mudofaa vazirligi Suriyaning yangi hukumati bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Turkiyaning asosiy maqsadi Suriyaning siyosiy birligi va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mintaqada mustahkam tinchlikka erishish bo‘yicha sa’y-harakatlarga rahbarlik qilishdir», deyiladi xabarda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid