Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada korrupsiyaga qarshi xizmatlar mustaqilligi bekor qilinishi mumkin
Ukraina parlamenti qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi, unga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy byurosi va ixtisoslashtirilgan korrupsiyaga qarshi prokuratura Bosh prokuraturaga bo‘ysunadi. Yevropa Ittifoqi bundan xavotir bildirdi.
22 iyul, seshanba kuni Ukraina Oliy radasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy byurosi (NABU) va korrupsiyaga qarshi ixtisoslashtirilgan prokuratura (SAP) mustaqilligini sezilarli darajada cheklovchi tuzatishlarni ikkinchi o‘qishda qo‘llab-quvvatladi. 263 nafar xalq vakili, jumladan, hukmron «Xalq xizmatkori» partiyasidan 185 nafar deputat yoqlab ovoz berdi. 13 deputat qarshi ovoz berdi, yana 13 deputat betaraf qoldi.
Ovoz berish boshlanishidan avval muxolifatdagi «Yevropa birdamligi» va «Ovoz» partiyalari fraksiyalari qonun loyihasini kun tartibidan olib tashlashga harakat qildi, biroq atigi 53 nafar deputat buni yoqladi. Ayrim muxolif deputatlar ovoz berishdan oldin parlament minbarini to‘sishga harakat urinib ko‘rdi.
Rasmiy ravishda qonun loyihasi harbiy holat davrida odamlarning alohida holatlarda bedarak yo‘qolishi holatlari bo‘yicha dastlabki tergovning o‘ziga xos xususiyatlariga tegishli. Biroq, «Xalq xizmatkori»dan Korrupsiyaga qarshi siyosat bo‘yicha Milliy kengash a’zosi Anastasiya Radina ta’kidlashicha, tuzatishlar SAPni «dekorativ organga aylantiradi» hamda NABU va SAP faoliyatini butunlay Bosh prokurorga bog‘liq qiladi.
12414-sonli qonun loyihasiga tasdiqlangan tuzatishlar Ukraina bosh prokuroriga SAP vakolatlarini boshqa prokurorlarga topshirish va har qanday ishlar bo‘yicha materiallarni talab qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, Bosh prokuror NABUga majburiy yozma ko‘rsatmalar berishi va NABU jinoyat ishini boshqa organlarga topshirishi mumkin.
Mavzuga oid
10:10 / 08.07.2026
Kiyev va Xarkiv yana hujum ostida: jabrlanganlar bor
09:44 / 08.07.2026
Anqarada NATO sammiti: Ukraina va Yevropa xavfsizligi kun tartibida
09:55 / 07.07.2026
Ryutte: NATO Ukrainaga yordamni davom ettirishi shart
09:14 / 07.07.2026