Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda zaharlangan rossiyalik jurnalist Papernayaning yaqinlari tovon puli oladi
Sud aybdorlardan katta miqdorda tovon puli undirish haqida qaror chiqardi.
Toshkentdagi mehmonxonada is gazidan zaharlangan Inessa Papernaya va uning hamrohi Maksim Radchenkoning yaqinlariga kompensatsiya to‘lanadi. Bu haqda RIA Novosti sud qaroriga tayanib xabar berdi.
Radchenkoning qarindoshlari foydasiga zaharlash ishi bo‘yicha sudlanganlardan 60,7 million so‘m, Papernayaning qarindoshlari foydasiga esa 67,6 million so‘m undirilishi belgilangan. Bu ekspertiza o‘tkazish va jasadni vataniga olib ketish uchun sarflangan xarajatlar uchun kompensatsiya hisoblanadi.
Sud hukmi bilan 4 nafar ayblanuvchi 3 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum etildi. Mehmonxona egasi, santexnik, shuningdek, isitish uskunasining ikki nafar sotuvchisi aybdor deb topildi.
Fojia 2024 yil oktyabr oyida sodir bo‘ldi. Toshkentdagi mehmonxona xonalaridan birida uch kishi o‘lik holda topildi: jurnalist Papernaya, uning hamrohi Radchenko va O‘zbekiston fuqarosi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, bunga ventilyatsiya tizimiga sizib kirgan is gazidan zaharlanish sabab bo‘lgan.
Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, mehmonxonaga o‘rnatilgan isitish qozoni texnik jihatdan eskirgan bo‘lib, uni o‘rnatishda jiddiy qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan, shu jumladan kondensatni chiqarib yuborish uchun sifon olib tashlangan, bu esa mutaxassislarning fikriga ko‘ra, gaz sizib chiqishiga olib kelgan.
Mavzuga oid
21:04 / 24.02.2026
2025 yilda respublika bo‘yicha 44 ta holatda ovqatdan zaharlanish qayd etildi – Sanepidqo‘mita
10:01 / 24.02.2026
“Javobgarlikni hech kim bo‘yniga olmayapti” – Farg‘ona bog‘chalarida zaharlangan 70 dan ortiq bola shifoxonada qolmoqda
19:10 / 10.01.2026
Nestlé NAN xavotiri: bolalarda zaharlanish belgilari borligi aytilyapti
15:00 / 28.11.2025