Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransuz vaziri yaqin kunlarda arab davlatlari “ilk bor HAMASdan qurolsizlanishni talab qilishlari”ni aytdi
Fransiya diplomatiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan tadbirda Yevropaning ayrim mamlakatlari Falastin davlatini tan olish niyatlarini tasdiqlashadi.
Jan-Noel Barro Foto: REUTERS/Yves Herman
BMTning 28-29 iyul kunlari o‘tkaziladigan tadbirida arab davlatlari “ilk bor HAMASni qoralab chiqishadi hamda undan qurolsizlanishni talab qilishadi”. Bu haqda Reyter agentligi Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barroga tayanib xabar qildi.
Fransiya diplomatiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu qadam Yevropadagi ko‘proq mamlakatlarni Falastin davlatchiligini tan olishga undashga qaratilgan. Uning aytishicha, Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan tadbirda Yevropaning ayrim mamlakatlari Falastin davlatini tan olish niyatlarini tasdiqlashadi.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Yevropa komissiyasi yaqin haftalarda Isroilga nisbatan “yanada keskinroq pozitsiyani egallaydi: Iudeya-Samariyada har qanday yangi aholi maskanlari qurilishini to‘xtatish hamda insonparvarlik yordami taqsimlanishi ustidan harbiylashgan nazoratni bas qilish”ni talab qiladi.
Hozircha Yelisey saroyi Falastinni tan olmadi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning bildirishicha, bu bir yarim oydan so‘ng, BMT Bosh assambleyasining 80-sessiyasida sodir bo‘ladi.
Avvalroq Reyter agentligi Makron bir necha hafta davomida Kanada va Buyuk Britaniya yetakchilarini Falastin davlatini birgalikda tan olish g‘oyasi bilan chiqishga ko‘ndirishga uringanini yozgandi. Qayd etilishicha, Ottava va London AQSh prezidenti Donald Trampning keskin munosabat bildirishidan cho‘chib, uning bu tashabbusiga rad javobini bergan.
Mavzuga oid
09:05 / 25.04.2026
Fransiya okean ustida eng qimmat yo‘lni qurmoqda
09:59 / 24.04.2026
Fransiya yadroviy “soyaboni”ni NATO sharqiy qanotiga kengaytirishi mumkin
10:10 / 21.04.2026
Fransiya va Polsha harbiy aloqa uchun sun’iy yo‘ldosh yaratadi
15:29 / 03.04.2026