Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sun’iy intellekt sohasida AQSh yetakchi, Xitoy ikkinchi o‘rinda
Yuz ballik tizimda AQSh 77,97, Xitoy 58,01, Buyuk Britaniya 36,60 ball oldi.
Foto: Alexander Koerner / Getty Images
Qo‘shma Shtatlar sun’iy intellekt (SI) sohasida yetakchilik qilmoqda, Xitoy ikkinchi, Buyuk Britaniya uchinchi o‘rinda bormoqda. Bu haqda Xitoy ilmiy-texnologik axborot instituti hamda Pekin universiteti tomonidan tayyorlangan sun’iy intellekt sohasidagi innovatsiyalar global indeksida ma’lum qilindi.
Hisobot Shanxayda o‘tkazilgan Sun’iy intellekt bo‘yicha jahon anjumanida taqdim etildi. Mualliflar 46 mamlakatni 5ta yo‘nalishda 39ta ko‘rsatkich bo‘yicha o‘rganib chiqishgan hamda uch darajali tizim bo‘yicha baholashgan.
Hisobotga ko‘ra, AQSh va Xitoy sun’iy intellekt sohasida boshqa mamlakatlarni katta farq bilan ortda qoldirmoqda. SI uchun chiplar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, yuqori malakali mutaxassislar hamda yirik SI-modellarining aksariyati ushbu davlatlarga to‘g‘ri keladi.
Yuz ballik tizimda AQSh 77,97, Xitoy 58,01, Buyuk Britaniya 36,60 ball bilan baholandi. Shuningdek, Yaponiya (33,77), Koreya Respublikasi (33,48), Germaniya (32,22), Singapur (31,57), Fransiya (30,98), Kanada (29,79) va Hindiston (29,41) yuqori o‘ntalikdan joy egalladi.
Mavzuga oid
20:47 / 05.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi
14:35 / 05.12.2025
AQSh «Lukoyl»ga joriy etilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi
09:40 / 05.12.2025
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00 / 05.12.2025