Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Tergov qo‘mitasi «Krokus» terakti tashkilotchilarini aniqladi
Materiallarda qayd etilishicha, guruh tashkilotchilari xorijda bo‘lgan, ular - Bekov A.I. va Hikmatov A.M.
Rossiya Tergov qo‘mitasi 2024 yil 22 mart kuni «Krokus Siti Xoll» konsert zaliga hujum uyushtirgan terrorchilik hamjamiyati tashkilotchilarini, shuningdek, ularning tayyorgarligi va harakatlari tafsilotlarini aniqladi. Bu haqda ish hujjatlariga tayanib, TASS xabar berdi.
Materiallarda qayd etilishicha, guruh tashkilotchilari xorijda bo‘lgan, ular - Bekov A.I. va Hikmatov A.M. Tergov versiyasiga ko‘ra, ular Rossiyadagi vaziyatni beqarorlashtirish maqsadida «Ukraina oliy siyosiy rahbariyati manfaatlarini ko‘zlab harakat qilgan». Bekov va Hikmatov 2023 yil 1 iyundan «Viloyati Xuroson» terrorchilik tashkilotiga qasamyod qilgan guruh a’zolarini teraktlar sodir etishga tayyorlagan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, tashkilotchilar 2023 yil noyabridan 2024 yil martigacha «Sayfullo» va «Axi» taxallusli noma’lum shaxslar orqali moddiy mukofot evaziga «Krokus Siti Xoll» konsert zaliga hujumni tayyorlagan.
Tergov davomida hujum ijrochilari - Shamsidin Fariduni, Saidakrami Rajabalizoda, Dalerjon Mirzoyev va Muhammadsobir Fayzov Turkiya hududida tayyorgarlikdan o‘tgani aniqlangan. Materiallarda qayd etilishicha, tashkilotchilar, rahbarlar va bevosita ijrochilar o‘rtasidagi aloqani Turkiyada bo‘lib turgan, Pokiston va Afg‘oniston hududidagi uchrashuvlarni muvofiqlashtirish va tashkil etish uchun mas’ul bo‘lgan Muhammadsobir Fayzov ta’minlagan. Turkiyadagi ta’lim o‘qotar qurollardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘z ichiga olgan.
22 martdagi hujumdan bir necha soat oldin Shamsiddin Fariduni qo‘riqchilar bor-yo‘qligini tekshirish uchun konsert zali binosiga razvedkaga borgan. Keyin sheriklariga hujum rejasini amalga oshirish imkoniyati mavjudligi haqida xabar bergan va shu kuni kechqurun ular voqea joyiga yetib borgan. Ta’kidlanishicha, Mirzoyev, Fayzov va Rajabalizoda qo‘rquv hissini susaytirish uchun tarkibida mefedron bo‘lgan giyohvand moddani iste’mol qilgan, bu sud ekspertizasi materiallari bilan tasdiqlangan. Faridunida esa giyohvand modda izlari aniqlanmagan.
Ijrochilar 59 ta o‘qdonli uchta Kalashnikov avtomati (1381 ta patron), Makarov to‘pponchasi, to‘rtta pichoq, besh shisha benzin, yondirgichlar va peshona chiroqlarini olib borgan. Hujumdan so‘ng to‘rt nafar ijrochi «Ukraina hududida yashirinishga uringan», biroq Bryansk viloyatida qo‘lga olingan.
Tergov qilinayotgan ish bo‘yicha jami 19 kishi hibsga olingan: ularning bir qismi bevosita ijrochilar, boshqalari esa yordamchilar. Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, terakt oqibatida 149 kishi halok bo‘lgan, bir fuqaro bedarak yo‘qolgan, yana 609 kishi turli darajadagi jarohatlar olgan. Hujumdan yetkazilgan umumiy zarar 6 mlrd rublga (≈36 mln dollar) baholanmoqda.
19 nafar ayblanuvchining ishi bo‘yicha sud jarayoni 4 avgust kuni harbiy sudda boshlanadi, ikki asosiy tashkilotchi (Bekov A.I. va Hikmatov A.M.) va yana to‘rt nafar ishtirokchiga nisbatan tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026
Kiyevdagi otishma: «Moskvada tug‘ilgan shaxs» o‘t ochdi va supermarketda odamlarni garovga oldi
19:23 / 06.04.2026