Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Ukraina xavfsizlik xizmatini kuchaytirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan imzolangan qonun SBU vakolatlarini kengaytiradi va uning xodimlarini 10 000 kishiga oshiradi.
Volodimir Zelenskiy Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) vakolatlarini kengaytiruvchi va uning xodimlari sonini oshiradigan qonunni imzoladi. Bu haqda Ukraina prezidenti o‘zining Telegram-kanalida e’lon qilingan videomurojaatida ma’lum qildi.
«Bugun men SBUni mustahkamlovchi qonunni imzoladim, bu xizmatga jangovar topshiriqlarni bajarish va bosqinchini yo‘q qilish, Ukrainani himoya qilish bo‘yicha maxsus operatsiyalarni o‘tkazish uchun ko‘proq imkoniyatlar beradi», — dedi Zelenskiy. Xususan, "Alfa" bo‘linmasi deb ham ataladigan Maxsus operatsiyalar markazi (TsSO) xodimlari soni ko‘paytiriladi. «Bular eng samarali jangchilardir», — deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari.
Oliy rada veb-saytida e’lon qilingan qonun loyihasida harbiy holat davrida TsSOda kamida 10 ming kishi ishlashi qayd etilgan. Hammasi bo‘lib, tinchlik davrida SBU xodimlari soni 37 ming kishini, «maxsus davrda» esa 41 ming kishini tashkil qiladi. Harbiy holat bo‘yicha u mamlakatning safarbarlik rejasiga qarab belgilanadi.
Qonunga ilova qilingan qiyosiy jadvaldan kelib chiqadiki, umuman olganda SBU xodimlari soni 10 mingga oshiriladi. Avvalgi qonunga ko‘ra, Ukraina maxsus xizmatida tinchlik davrida 27 ming, «maxsus davrda» esa 31 ming kishi ishlagan. Oldingi qonunda «Alfa» TsSO xodimlarining soni belgilanmagan, ammo Oliy radaning Milliy xavfsizlik, mudofaa va razvedka qo‘mitasi kotibi, SBU polkovnigi Roman Kostenkoning «Ukrainskaya pravda» nashriga bergan izohida ma’lum qilishicha, hozirda u yerda bir necha ming kishi xizmat qilmoqda va qabul qilingan qonun xodimlar sonini «ikki yoki hatto uch baravar» ko‘paytiradi.
Mavzuga oid
09:00
Rossiyaning ommaviy hujumi: Kiyevda 4, Xarkivda 5 kishi halok bo‘ldi
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026