Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning yangi savdo bojlari 7 avgustdan kuchga kiradi
AQSh prezidenti Donald Tramp bir qator davlatlarga nisbatan yangi bojlar joriy etish haqida farmon chiqardi. Eng yuqori tariflar Shveytsariya (39 foiz), Suriya (41 foiz), Laos va Myanma (40 foiz) hamda Iroq (35 foiz) uchundir.
AQSh prezidenti Donald Tramp bir qator davlatlarga nisbatan yangi bojxona to‘lovlarini joriy etish to‘g‘risida farmon chiqardi. Hujjat 31 iyul, payshanba kuni Oq uy saytida e’lon qilindi.
Eng yuqori tariflar Shveytsariya (39 foiz), Suriya (41 foiz), Laos va Myanma (40 foiz), Iroq (35 foiz) hamda Hindiston (25 foiz) uchundir.
Yevropa Ittifoqi, Yaponiya va Janubiy Koreyadan 15 foiz qo‘shimcha to‘lov olinadi.
Ro‘yxatda bo‘lmagan mamlakatlarga 10 foiz miqdorida yagona tarif qo‘llanadi.
Bojlar 7 avgustdan kuchga kiradi. Dpa'ning nima uchun u kutilganidek 1 avgustdan kuchga kirmagani haqidagi savoliga javoban AQSh rasmiysi yangi qoidalarni amalga oshirish uchun ko‘proq vaqt kerakligini aytdi.
Oq uy hujjatiga ko‘ra, bu chora «amerikalik ishchilar manfaati uchun global savdoni qayta qurish»ga qaratilgan.
Mavzuga oid
20:36 / 04.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni AQSh Mustaqillik kuni bilan tabrikladi
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
18:30 / 02.07.2026