Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Lukashenko skameykada o‘tirib intervyu berdi
Asosiy mavzu Ukrainadagi urush bo‘ldi. Lukashenko ukrainaliklarni Rossiya bilan shoshilinch sulh tuzishga chaqirdi. Putin Rossiyaning Ukrainadagi maqsadlari o‘zgarishsiz qolganini aytdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiyaning Valaam orolida uchrashib, oliy darajadagi muzokaralarni o‘tkazdi. Shundan so‘ng, 1 avgust kuni skameykada o‘tirgan holda jurnalistlarning savollariga javob qaytardi. Meduza asosiy iqtiboslarni keltirdi.
Putin: Bizda rejim Konstitutsiyaga asoslangan, Ukraina haqida esa bunday deb bo‘lmaydi. Muzokaralar har doim muhim. Kimningdir hafsalasi pir bo‘lishiga kelsak, hafsala pir bo‘lishi ortiqcha umidlardan kelib chiqadi. Rossiyaning 2024 yil yozida e’lon qilgan maqsadlari o‘zgarishsiz qoldi.
Lukashenko: Biz sanksiyalar fonida jiddiy iqtisodiy burilish qildik. Dunyo hali buni baholaydi. Bizni hech kim tiz cho‘ktirmaydi. Muzokara yaxshi narsa. Amerikaliklar Vetnamda jang qilgan va muzokara olib borgan. Ukraina imkonsiz narsani talab qilmoqda. Rossiya nima yomon ish qildi? Qarovsiz bolalarni ovqatlantirdi, kiyintirdi. Ular esa ayblamoqda!
Putin: U yerda bunchalik ko‘p bola yo‘qligi ma’lum bo‘ldi!
Lukashenko: Albatta, uch yoki to‘rt bola. Vaziyatni chigallashtirish jarayoni ketmoqda, bu foyda keltirmaydi. Kelishish kerak. Belarusga borishni xohlamaysizmi - hech bo‘lmaganda Oyga, istalgan joyga! Zelenskiy, nega Putin bilan uchrashmoqchiman deb baqiryapsan? Avval tayyorlaning va imzo cheking. Trampni ham, Makronni ham chaqiring. Starmerni ham, hammasini chaqiring!
Putin: [Ukrainadagi] maxsus harbiy operatsiyada hammasi yaxshi. Dinamika tushunarli, yaqinda Chasov Yarni oldik. Dushmanlarimiz ilgari Rossiyani strategik mag‘lub etish zarurligi haqida gapirgan. Hozir esa hech bo‘lmasa hujumni to‘xtatmoqchi. Bizga esa mustahkam tinchlik kerak.
Lukashenko: Yevropani sanoatsizlashtirish allaqachon boshlangan. Aytishlaricha, amerikaliklarning maqsadi shunday emish. Ular esa biz bilan birga bo‘lishi kerak edi – Yevropa Ittifoqi va Rossiya qudratli kuch bo‘lardi. Bu Xitoydan ham dahshatliroq kuch bo‘lardi.
Putin: Yevropa Ittifoqida umuman suverenitet yo‘qligi aniq. Bu esa ulkan yo‘qotishlarga olib keladi.
Lukashenko: G‘arb Zelenskiyga bosim o‘tkazmoqda, u nimani xohlagan edi? Milliardlab pul oldi, endi pul berganlar aytyapti: nimaga ishlatilganini ko‘rmoqchimiz. Hech qanday suverenitet yo‘q! Boshboshdoqlik!
Putin: Korrupsiya barcha mamlakatlarga xos. Ammo unga qarshi tashqaridan turib kurashib bo‘lmaydi, ayniqsa, tashqaridagilarning o‘zi qiynalsa. Yevropa va AQShda korrupsiya umuman qonuniylashtirilgan! Lobbizm, bu nima o‘zi? Ukraina korrupsiyaga qarshi kurash byurolari mahalliy hokimiyatga bo‘ysunmaydi! Odamlar mamlakatdagi jarayonlarga ta’sir o‘tkazmasa - bu tahqirli holat. Ular suverenitetning bir qismini qaytarib olishga harakat qildi, ammo yuqoridan hushtak chalinib, hamma narsa darhol orqaga qaytarildi. Faqat sharmanda bo‘lishdi.
Lukashenko: Yana Chasov Yar haqida - bu Kramatorsk yo‘li. Ukraina endi shosha-pisha Rossiyadan sulh so‘rashi kerak. Aks holda, rossiyaliklar asta-sekin barchasini g‘ajib, egallab, mag‘lub etib, oldinga siljiydi.
Putin: Qaytarib olisharmish! Bu [joylar] bizniki...
Lukashenko: Xo‘sh... qaytarib olisharmish, xa-xa-xa. Kelishish kerak. Ular chopib kelib, sulh tuzishi kerak. Chunki Rossiya hamma joyda hujumga o‘tmoqda.
Mavzuga oid
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
18:54 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Belarus bosh vaziri bilan uchrashdi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026