Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda 1 sentabrdan yo‘llarda haydovchilarning qoidalar bo‘yicha bilimini tekshirish boshlanadi
Mamlakat ichki ishlar vazirligi tekshirish o‘tkaziladigan qoidabuzarliklar ro‘yxatini tasdiqladi.
Qirg‘izistonda 1 sentabrdan boshlab inspektorlar haydovchilarni yo‘lda to‘xtatgan joyida yo‘l harakati qoidalari (YHQ) bo‘yicha bilimini tekshiradi. Mamlakat ichki ishlar vazirligi tekshirish o‘tkaziladigan qoidabuzarliklar ro‘yxatini tasdiqladi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati rahbari Boyqozi Aytiqul uulu brifingda ma’lum qildi, deb xabar berdi Akipress.
Haydovchilar quyidagi qoidabuzarliklar uchun to‘xtatiladi va yo‘l harakati qoidalarini bilish darajasi tezkor tekshiriladi:
- texnik nosoz transport vositasini boshqarish;
- yashirin yoki o‘qilmaydigan raqam belgilaridan foydalanish;
- militsiya xodimlarining talablariga bo‘ysunmaslik;
- belgilangan harakat tezligini oshirish;
- svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanish;
- avtobezorilik;
- transport vositasini boshqarishni mast holdagi shaxsga topshirish;
- qarama-qarshi harakatlanish bo‘lagiga chiqish;
- oynalarni noqonuniy qoraytirish va maxsus signallar (migalkalar) o‘rnatish;
- yirik gabaritli transport vositalari haydovchilarining qoidabuzarligi.
Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi vakilining tushuntirishicha, ko‘rsatilgan qoidabuzarliklardan biri sodir etilgan taqdirda, haydovchilik guvohnomasi vaqtincha olib qo‘yiladi, qoidabuzar esa, agar u qoidalar bo‘yicha bilimini joyida isbotlamasa, YHQ bo‘yicha nazariy imtihonni qayta topshirishga yuboriladi. Bunda guvohnoma bekor qilinmaydi - uni imtihon muvaffaqiyatli topshirilganidan keyin istalgan vaqtda qaytarib olish mumkin bo‘ladi.
Avvalroq, imtihonni qayta topshirish narxlari ham e’lon qilingan edi: birinchi urinish - 500 qirg‘iz so‘mi (6 dollar), ikkinchisi - 1000 qirg‘iz so‘mi (11,5 dollar), uchinchisi - 2000 qirg‘iz so‘mi (23 dollar), to‘rtinchisi - 4000 qirg‘iz so‘mi (46,5 dollar). Bunda imtihon jarayoni videoga olinadi.
Qayd qilinishicha, bunday choraning joriy etilishi sababi shundaki, ko‘plab haydovchilar qoidalarni o‘rganmasdan guvohnoma olgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yilgacha haydovchilarning atigi 20-30 foizi imtihonlarni halol topshirgan, ko‘p hollarda haydovchilik guvohnomalari 15-20 ming qirg‘iz so‘miga (175-233 dollar) sotib olingan.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026