Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Moskva savdo hamkorlariga ikkilamchi sanksiyalar kiritishini istisno etmadi
Jurnalistning savoliga javob berar ekan, Donald Tramp Vladimir Putin va Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tishi uchun «yaxshi imkoniyatlar» borligini ko‘rayotganini aytdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuvi imkoniyatlarini «yaxshi» deb baholadi. 6 avgust, chorshanba kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Tramp jurnalistning «Putin va Zelenskiy uchrashuvga rozi bo‘lganmi?» degan savoliga: «Ushbu uchrashuv tez orada bo‘lib o‘tishi uchun yaxshi imkoniyat bor», deb javob berdi.
Trampning tushuntirishiga ko‘ra, hozircha bunday uchrashuv o‘tkaziladigan joy bo‘yicha qaror qabul qilinmagan. Shu bilan birga, Amerika rahbari Moskvaning savdo hamkorlariga qarshi ikkilamchi sanksiyalar joriy etilishini istisno etmadi. Biroq, u tegishli qarorni «keyinroq» qabul qilishini aytdi.
6 avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff o‘rtasida Kremlda uch soat davom etgan uchrashuvdan so‘ng, AP agentligi Oq uyning ismi oshkor etilmagan vakiliga tayanib, Tramp Putin bilan 11 avgustdan boshlanadigan haftadayoq uchrashishi mumkinligini xabar qildi.
Xuddi shunday ma’lumot shu kuni kechqurun Germaniyaning dpa agentligi tomonidan tarqatildi. Germaniya hukumati doiralaridagi manbalarga ko‘ra, Tramp yaqin orada Putin bilan uchrashib, Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqchi.
Mavzuga oid
08:59
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
22:29 / 14.06.2026
Tramp Netanyahuni aqlsizlikda aybladi va Eron bilan kelishuv 2–3 soat ichida imzolanishini aytdi
18:06 / 14.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
14:07 / 14.06.2026