Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dam olish kunlari quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekistonda dam olish kunlari asosan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kunduz kunlari +37…+40 daraja atrofida, janubda +42 darajagacha ko‘tariladi.
Foto: Kun.uz
8−10 avgust kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.
Juma kuni havo harorati asosan kunduzi +35…+37 daraja, janubda +40 darajagacha bo‘ladi. Sinoptiklarga ko‘ra, bu avgust oyi birinchi o‘n kunligining iqlimiy me’yoriga yaqindir.
Dam olish kunlari harorat kunduz kunlari +37…+40 daraja atrofida, janubda +42 darajagacha ko‘tariladi.
Shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 10 avgustda respublika shimolida ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda shahrida asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechalari +21, +23 daraja, kunduz kunlari 8 avgustda +35…+37 daraja, 9–10 avgustda +37…+39 daraja bo‘ladi.