Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidenti OAV to‘g‘risidagi bahsli qonunni imzoladi
Qirg‘iziston prezidenti Japarov OAV to‘g‘risidagi qonunni imzoladi, u, masalan, barcha raqamli platformalarni OAV sifatida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazishni joriy qiladi. Shuningdek, u xorijliklarga mahalliy media kompaniyalarning 35 foizdan ortiq aksiyalariga egalik qilishni taqiqlaydi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi, u, xususan, chet elliklarga mahalliy media kompaniyalarning 35 foizdan ortiq aksiyalariga egalik qilish va ularni boshqarishni taqiqlaydi. Hujjat qabul qilinganligi haqidagi xabar davlat rahbari saytida e’lon qilindi.
Chet elliklar uchun cheklovlardan tashqari, qonun, xususan, quyidagilarni nazarda tutadi:
- barcha raqamli platformalarni, shu jumladan veb-saytlar va bloglarni ommaviy axborot vositasi (OAV) sifatida Adliya vazirligining maxsus reyestrida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish;
- ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatga olish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va faoliyatini tugatish tartibini belgilash bo‘yicha vazirlar mahkamasining mutlaq vakolatlari;
- mansabdor shaxslarning ommaviy axborot vositalari faoliyatiga aralashuvini istisno qilgan holda, «senzurani qat’iy taqiqlash»;
- ommaviy axborot vositalarining axborot manbasini sir saqlash huquqi, tegishli ishni ko‘rayotgan suddan so‘rov kelib tushgan hollar bundan mustasno.
Rasmiylarga ko‘ra, yangilik ommaviy axborot vositalari sohasidagi «qonunchilikni takomillashtirish», shuningdek, mamlakatda «mustaqil, raqobatbardosh va mas’uliyatli» ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratishga qaratilgan.
Mavzuga oid
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
16:34 / 01.07.2026