Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alyaskada Tramp va Putin uchrashuvi uchun katta uy tayyorlanmoqda
Oq uy hozircha uchrashuv o‘tkaziladigan aniq joyni tasdiqlamagan, biroq tadbir Alyaskaning eng yirik shahri - Ankorijda bo‘lib o‘tishiga ayrim belgilar bor.
AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning uchrashuvi 15 avgust kuni Alyaskada bo‘lib o‘tishi kerak.
The New York Times nashrining yozishicha, Oq uy hozircha uchrashuv o‘tkaziladigan aniq joyni tasdiqlamagan, biroq tadbir Alyaskaning eng yirik shahri - Ankorijda bo‘lib o‘tishiga ayrim belgilar bor.
Nashrning yozishicha, Ankorijda qisqa muddatli ijara bilan shug‘ullanuvchi rieltor, shuningdek, Germaniyaning faxriy konsuli Larri Disbrou Maxfiy xizmat xodimlari uchun olti xonali uyni ijaraga olganini ma’lum qilgan.
«Bugun ertalab AQSh maxfiy xizmatidan menga qo‘ng‘iroq qilishdi va bo‘sh o‘rinlar bor-yo‘qligini so‘rashdi va men ular istagan vaqtga rozi bo‘ldim», dedi Disbrou.
U, shuningdek, Alyaska tarixiy nuqtai nazardan bunday uchrashuv uchun jozibador joy bo‘lishi mumkinligini tushunishini, ammo «o‘zini hayratda qoldirganini» qo‘shimcha qildi.
Shu bilan birga, Ankorij meri Syuzanna LaFrans shahar ma’muriyati Tramp va Putin uchrashuvini qabul qilishi haqida hech qanday ma’lumot olmaganini aytdi.
«Biz uchun Alyaskada yetakchilarni qabul qilish odatiy hol», dedi LaFrans. «Diplomatiya joyi bo‘lib xizmat qilish tariximizning bir qismidir, chunki biz dunyo chorrahasida turibmiz».
Nashr eslatishicha, Tramp 2017 yilda o‘z lavozimiga kirishganidan beri Alyaskaga kamida besh marta tashrif buyurgan va asosan Ankorijdagi Elmendorf-Richardson birlashgan harbiy bazasida to‘xtagan. Putin bilan uchrashuv Trampning ikkinchi muddati boshlanganidan buyon ushbu shtatga ilk rasmiy tashrifi bo‘ladi.
Ekspertlarning fikricha, sammit o‘tkaziladigan joy strategik ahamiyatga egaligi va Rossiya chegaralariga yaqinligi sababli tanlangan. Alyaska, shuningdek, Xalqaro jinoiy sud yurisdiksiyasiga kirmaydigan AQSh hududi bo‘lib, bu Putinning hibsga olinish xavfini chetlab o‘tishga imkon beradi.
Mavzuga oid
12:25 / 06.07.2026
FIFAda mojaro: tashkilot amerikalik futbolchining diskvalifikatsiyasini kechiktirdi
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
09:59 / 05.07.2026