Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Turkiya Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi
Turkiya va Ukraina prezidentlari ikki tomonlama munosabatlar hamda mintaqaviy va global masalalarni muhokama qildi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.
Xabar qilinishicha, prezidentlar muloqot davomida ikki tomonlama munosabatlar hamda mintaqaviy va global masalalarni muhokama qildi.
Erdo‘g‘an Rossiya va Ukraina o‘rtasida Istanbulda o‘tkazilgan muzokaralar davomida erishilgan jarayonlar muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.
Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkiya davlat rahbarlari darajasidagi sammitni qabul qilishga tayyorligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.