O‘zbekiston | 18:28 / 12.08.2025
2934
1 daqiqa o‘qiladi

​​​​​​​Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi faoliyatini yakunladi

12 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekistonda o‘z faoliyatini yakunlayotgan Fransiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Oreliya Bushezni TIVda qabul qildi.

Foto: Baxtiyor Saidov / Telegram

“So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarda mislsiz dinamika namoyon etilgani, mamlakatlarimiz tomonidan tarixiy marralarga erishilgani va davlatlarimiz strategik hamkorlarga aylangani ta’kidlandi.

Aloqalarning sarhadlarini kengaytirishga elchi tomonidan qo‘shilgan doimiy hissa yuksak qadrlanib, yangi faoliyatida barcha yutuqlar tilandi”, - deyiladi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid