Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya ichki ishlar vazirlari migrantlar uchun yangi joriy etilgan qoidalarni muhokama qildi
Rossiya ichki ishlar vazirining ta’kidlashicha, Rossiya hukumati migratsiya sohasini tartibga solish masalasiga alohida e’tibor qaratmoqda.
Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev va O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov Sankt-Peterburgda Rossiyadagi migrantlar uchun yangi qoidalarni muhokama qildi.
Xabar qilinishicha, Kolokolsev Toshpo‘latovga Rossiya hududida bo‘lib turish qoidalarini buzgan xorijliklar o‘z huquqiy maqomlarini 2025 yilning 10 sentabrigacha tiklashlari mumkinligini ma’lum qildi.
Rossiya ichki ishlar vaziri shuningdek, o‘zbekistonlik hamkorlar tomonidan ham tegishli axborot kampaniyasi davom ettirilishiga umid bildirdi.
Kolokolsevning ta’kidlashicha, Rossiya hukumati migratsiya sohasini tartibga solish masalasiga alohida e’tibor qaratmoqda.
U migratsiya sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish maqsadida aprelda ichki ishlar vazirligida chet el fuqarolarining fuqarolik va ro‘yxatga olish masalalari xizmati tashkil etilganini qayd etdi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
09:15 / 10.06.2026