Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Qayd etilishicha, qurilma ixcham bo‘lib, tashqi quvvatlashni talab qilmaydi.
Foto: Nankin fan va texnologiyalar universiteti
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan, shu bilan birga, sun’iy yo‘ldoshlarni ishdan chiqaruvchi qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan qurilma ishlab chiqishdi, deb yozadi South China Morning Post gazetasi.
Nashrning yozishicha, tadqiqotlar Nankin fan va texnologiyalar universitetining mashinasozlik kafedrasi olimi Yue Shuay rahbarligidagi olimlar guruhi tomonidan o‘tkazilgan.
"Qurilma Yer atrofidagi orbital chiqindilarni yo‘q qilish uchun ishlab chiqilgan. U chiqindilarni o‘rab oladigan va atmosferaga olib chiqib ketadigan yoyiluvchi to‘rli kapsulani ishga tushiradi",- deya tadqiqotchilardan iqtibos keltiradi gazeta.
Qayd etilishicha, ushbu qurilma ixcham bo‘lib, tashqi quvvatlashni talab qilmaydi. U an’anaviy qurollardan farqli ravishda energiyani yopiq gaz mexanizmi yordamida yutadi va otilganida tutun yoki olov chiqarmaydi.
Pekinlik astrofizikning so‘zlariga ko‘ra, uni biroz o‘zgartirish orqali kosmik qurolga aylantirish mumkin.
"Portlash bo‘lmaydi, hujum qilingani ko‘rinmaydi, faqat ishdan chiqqan sun’iy yo‘ldoshning o‘zi bo‘ladi. Tashqaridagilarga sun’iy yo‘ldosh tabiiy ravishda ishdan chiqqandek ko‘rinadi",- degan u.
Mavzuga oid
19:33 / 27.12.2025
Xitoyda dunyodagi eng uzun tunnel ochildi
15:14 / 27.12.2025
Xitoy Tayvan tufayli AQShga qarshi sanksiyalar joriy qildi
13:26 / 27.12.2025
Importda eng katta ulush Xitoy hissasiga to‘g‘ri keldi - 12,8 mlrd dollar
09:13 / 25.12.2025