Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
U Dammam shahrida uzoq yillardan buyon istiqomat qilib kelgan va xorijlik turmush o‘rtog‘ining g‘ayriinsoniy tazyiqi ostida qolgan.
Foto: Dunyo
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Saudiya Arabistonining Dammam shahrida oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan hamyurtimiz vatanga qaytarildi.
O‘zbekiston diplomatik missiyasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Dammam shahrida uzoq yillardan buyon istiqomat qilib kelgan va xorijlik turmush o‘rtog‘ining g‘ayriinsoniy tazyiqi ostida qolgan vatandoshimiz R.G. O‘zbekistonga qaytarishni so‘rab ariza bilan murojaat qilgan.
O‘zbekiston elchixonasi va Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi hamkorligida amalga oshirilgan ishlar natijasida uning mamlakatdan chiqishi uchun viza rasmiylashtirildi.
Shundan so‘ng, u "Dammam-Sharja-Toshkent" aviareysi bilan O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.
Mavzuga oid
21:23 / 10.03.2026
Umra safarlari qayta yo‘lga qo‘yilmoqda
10:50 / 09.03.2026
AQSh Davlat departamenti diplomatlarga Saudiyani tark etishni buyurdi
09:46 / 09.03.2026
Qatardagi o‘zbekistonliklar Saudiya orqali evakuatsiya qilindi
12:16 / 07.03.2026