Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Zelenskiyga Putin bilan uchrashuvda Ukraina hududlari masalasini muhokama qilmaslikka va’da berdi
AQSh prezidenti «o‘t ochishni to‘xtatish» tinchlik muzokaralari boshlanishidan oldin amalga oshirilishi kerak bo‘lgan birinchi chora ekanini tan olgan.
Donald Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Yevropa yetakchilari bilan suhbat chog‘ida Alyaskada Vladimir Putin bilan bo‘ladigan uchrashuvda Ukraina hududlarini «taqsimlash» masalasini muhokama qilmasligini aytdi, deb yozdi CNN va NBC News bir nechta manbalarga tayanib.
NBC News suhbatdoshlariga ko‘ra, Tramp ushbu uchrashuvdagi maqsadini «o‘t ochishni to‘xtatish» deb atagan. AQSh prezidenti Yevropa yetakchilari bilan suhbatda «o‘t ochishni to‘xtatish» tinchlik muzokaralari boshlanishidan oldin amalga oshirilishi kerakligini tan olgan.
Biroq Yevropa davlatlarining ba’zi rahbarlari bu suhbatdan keyin «Tramp Putin bilan uchrashuvi natijalariga unchalik optimizm bildirmayapti, degan xulosaga kelgan», deb yozdi NBC News. CNN manbasining ta’kidlashicha, «bu uchrashuvdan kutilayotgan natijalar yuqori emas».
6 avgust kuni Putin Kremlda Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuvda Rossiya prezidenti tinchlik kelishuvining o‘z shartlarini bayon qildi: Kiyev o‘t ochishni to‘xtatish va hozirgi pozitsiyalarda front chizig‘ini muzlatish evaziga Donbassdan voz kechadi. Keyinroq The Washington Post manbasi Putin Xerson va Zaporojiye viloyatlarining Rossiya tomonidan bosib olingan qismlaridan ham voz kechishga tayyor emasligini aytdi.
Zelenskiy Yevropa yetakchilari bilan birgalikda Tramp bilan suhbatlashdi. Suhbatdan so‘ng Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Tramp hududiy masalalarni faqat Ukraina ishtirokida muhokama qilishga va’da berganini aytdi.
Mavzuga oid
11:18
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026