Texnologiya | 22:30 / 16.08.2025
3062
2 daqiqa o‘qiladi

Hongkongda dronlar harakatini nazorat qilish uchun “qo‘riqchi dron”lar tizimi joriy etiladi

Hongkongda xavfsizlikni ta’minlash yoki ko‘ngilochar maqsadlarda dronlardan keng foydalaniladi.

Foto: SCMP

Hongkongda dronlar parvozi xavfsizligini ta’minlash uchun “qo‘riqchi dron”lar tizimi joriy etiladi. Bu haqda South China Morning Post (SCMP) xabar qildi.

Transport vaziri Meybl Channing so‘zlariga ko‘ra, Aerovision Technology kompaniyasi sun’iy yo‘ldoshlar tizimidagi signallar o‘chib qolishi, signallarning bir-biriga xalaqit berishi, Quyosh faolligini aniqlovchi tizimni ishlab chiqqan. Bularning barchasi dronlar parvoziga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

“Tizim yo‘lga qo‘yilgach, dronlar parvozi bilan bog‘liq xatarlar kamayadi, bu esa sug‘urta kompaniyalari bilan sug‘urta narxini tushirish masalasini muhokama qilish imkoniyatini yaratadi”, — dedi Chan.

Hongkongda xavfsizlikni ta’minlash yoki ko‘ngilochar maqsadlarda dronlardan keng foydalaniladi.

Bahorda bu yerda jinoyatchiliklarni aniqlash uchun dronlardan foydalanish loyihasi ishga tushirilgan. Shaharda shuningdek, dron shoulari ko‘p o‘tkaziladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid