Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp 22 avgust kuni Rossiya va Ukraina uchrashuvini o‘tkazmoqchi - OAV
Donald Tramp Vladimir Putin bilan muzokaralardan so‘ng, Fox News telekanaliga bergan intervyusida tomonlar “kelishuvga ancha yaqin” ekanini aytgandi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Volodimir Zelenskiy va Yevropa rahbarlariga 22 avgust kuni Putin va Zelenskiy bilan uch tomonlama uchrashuv o‘tkazish niyatida ekanligini aytdi. Bu haqda Axios o‘z manbasiga tayanib xabar bermoqda.
"U sammitdan so‘ng telefon orqali muloqotida Yevropa yetakchilariga kelasi juma kuni Putin va Zelenskiy bilan uch tomonlama uchrashuv tashkil etmoqchiligini aytdi", — degan manba.
18 avgust kuni Oq uyda Tramp Zelenskiy va YeI vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Tramp Putin bilan muzokaralardan so‘ng, Fox News telekanaliga bergan intervyusida tomonlar “kelishuvga ancha yaqin” ekanini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, endi Ukraina bunga rozi bo‘lishi kerak va hammasi “prezident Zelenskiyga bog‘liq”.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
08:34 / 12.06.2026
Eron bo‘yicha keskin burilish: AQSh zarbalarni bekor qildi
21:17 / 11.06.2026