O‘zbekiston | 20:07 / 18.08.2025
1819
1 daqiqa o‘qiladi

Baxtiyor Saidov YuNeSKO rahbari bilan Samarqandda o‘tkaziladigan tashkilot Bosh assambleyasiga tayyorgarlikning borishini muhokama qildi

Qayd etilishicha, muloqot davomida hamkorlikning keng qamrovli yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil fikr almashilgan.

YuNeSKO bosh direktori Odri Azule

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov YuNeSKO bosh direktori Odri Azule bilan telefon orqali muloqot qildi.

"YuNeSKO Bosh direktori Odri Azule xonim bilan telefon orqali samarali muloqot qildik. Tsivilizatsiyalar chorrahasi bo‘lgan tarixiy shahar — Samarqandda o‘tkaziladigan YuNeSKO Bosh assambleyasiga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratdik”, – deb yozdi u o‘z Telegram-kanalida.

Qayd etilishicha, muloqot davomida hamkorlikning keng qamrovli yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil fikr almashilgan.

Shuningdek, madaniyat, ta’lim va madaniy merosni asrab-avaylash sohalaridagi umumiy sa’y-harakatlarni kuchaytirish muhimligi ta’kidlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid