Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda xorijiy messenjerlardan foydalanish taqiqlangani haqidagi xabar rad etildi
Ta’kidlanishicha, milliy Aitu messenjeridan foydalanish tashabbusi faqat markaziy va mahalliy davlat organlarida muloqot qilishga taalluqli.
Qozog‘iston raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi respublikada xorijiy messenjerlardan foydalanishga nisbatan hech qanday taqiq qo‘yilmaganini ma’lum qildi.
"Xorij messenjerlaridan (WhatsApp, Telegram va boshqalar) foydalanish taqiqlangani to‘g‘risida tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", - deyiladi vazirlik bayonotida.
Ta’kidlanishicha, milliy Aitu messenjeridan foydalanish tashabbusi faqat markaziy va mahalliy davlat organlarida muloqot qilishga taalluqli.
Vazirlik Aitu xizmat yozishmalari, operativ bildirishnomalar va davlat raqamli platformalari bilan muloqotda asosiy vosita bo‘lishini qayd etdi.
Uning ustunligi barcha serverlar Qozog‘iston hududida joylashgani bilan izohlangan.
Avvalroq davlat organlari xodimlari 15 sentabrga qadar Aitu milliy messenjeridan foydalanishga o‘tishlari xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:31 / 16.07.2026
Qozog‘iston migratsiya nazoratini kuchaytirmoqda
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
17:53 / 08.07.2026
Qozog‘istonda qo‘shni davlatlardan transport vositalari kirishi cheklandi
17:54 / 07.07.2026