Jahon | 21:56 / 21.08.2025
1862
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil armiyasi G‘azodagi shifokorlardan aholi evakuatsiyasiga tayyorgarlik ko‘rishni so‘radi

Isroil armiyasi chorshanba kuni G‘azo shahrini egallash bo‘yicha operatsiyaning ilk bosqichlari boshlanganini e’lon qildi.

Foto: Reuters

Isroil mudofaa armiyasi ofitserlari G‘azo sektoridagi aholini janubga ko‘chirishga tayyorgarlik ko‘rishni so‘rab shifokorlar va xalqaro tashkilotlarga aloqaga chiqmoqda, deb xabar qildi armiya matbuot xizmati.

"Isroil mudofaa armiyasi xavfsizlik maqsadlarida G‘azo shahri aholisini G‘azo sektorining janubiy qismiga evakuatsiya qilishga tayyorgarlik ko‘rishni so‘rab sektor shimolidagi tibbiyot xodimlari va xalqaro tashkilotlarga qo‘ng‘iroq qilishni boshladi", - deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, "ofitserlar shifokorlar e’tiborini bemorlar va yaradorlarni qabul qilish uchun G‘azo sektori janubidagi shifoxonalar ta’minotiga o‘zgarishlar kiritilishiga qaratishgan”.

Isroil armiyasi chorshanba kuni G‘azo shahrini egallash bo‘yicha operatsiyaning ilk bosqichlari boshlanganini e’lon qildi va o‘n minglab zaxiradagi askarlarni safarbar qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shu kunga qadar G‘azoda Isroil hujumlari oqibatida 62 mingdan ortiq inson halok bo‘ldi.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid