Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov Putin Zelenskiy bilan qanday shartlarda uchrashishga tayyorligini aytdi
Rossiya tashqi ishlar vazirining so‘zlariga ko‘ra, barcha masalalar puxta ishlab chiqilganida va Ukraina hukumatining legitimligi masalasi hal bo‘lganida Putin Zelenskiy bilan uchrashishga tayyor bo‘ladi.
Foto: Getty images
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashishga barcha masalalar puxta ishlab chiqilganidan keyin tayyor bo‘ladi, dedi mamlakat tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
«Prezident oliy darajada ko‘rib chiqiladigan barcha masalalar puxta ishlab chiqilganidan keyin Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bir necha bor ta’kidlagan», — dedi u.
Rossiya tashqi ishlar vazirining so‘zlariga ko‘ra, Moskva, shuningdek, ish shartnomalar tuzishga qadar yetib borgan taqdirda Ukraina tomonidan kelishuvni kim imzolashi bo‘yicha legitimlik masalasi ham hal qilinishi kerakligini bilishi lozim.
Lavrov Zelenskiyning Putin bilan muzokara o‘tkazishni taqiqlash to‘g‘risidagi farmonini eslab o‘tdi.
2022 yil kuzida Zelenskiy Rossiya prezidenti bilan muzokara o‘tkazishni taqiqlash to‘g‘risida farmon chiqargandi. Ammo o‘tgan yili Ukraina yetakchisi Rossiya prezidenti bilan muzokara o‘tkazishi mumkinligini istisno qilmagan.
Mavzuga oid
22:56 / 25.12.2025
Zelenskiy Putinga o‘lim tilayotganiga ishora qildi va Rossiyani «xudosizlik»da aybladi
21:54 / 25.12.2025
Putin Rossiyada avtomat-odamlar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikni talab qildi
15:58 / 25.12.2025
«Otuvga yoki hibsga tayyorman». NYT Kremlning urushga qarshi bo‘lgan mulozimi haqida
10:55 / 25.12.2025