Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Lixtenshteyndagi birinchi elchisi tayinlandi
O‘zbekistonning Lixtenshteyn knyazligidagi birinchi elchisi (qarorgohi Berlin shahrida) etib tayinlangan Dilshod Axatov mamlakat valiahd shahzodasi Aloizga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Foto: dunyo.info
Xabar qilinishicha, uchrashuvda Lixtenshteyn va O‘zbekiston o‘rtasida 2024 yil mart oyida o‘rnatilgan diplomatik aloqalar hamkorlikni tizimli ravishda davom ettirishga muhim poydevor bo‘lgani, Vadutsning Toshkent bilan munosabatlarni kengaytirish va mustahkamlash tarafdori ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi Lixtenshteyn bosh vaziri o‘rinbosari — tashqi ishlar, atrof-muhit va madaniyat vaziri Sabine Monauni bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida u Xalqaro valuta fondidagi Shveytsariya ovoz berish guruhi doirasidagi samarali hamkorlikni yuqori baholab, Lixtenshteynning 2024 yil oktyabrida mazkur guruhga a’zo bo‘lishi ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy va moliyaviy sohalardagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Dilshod Axatov 2023 yilning sentabrida Germaniyadagi elchi etib tayinlangandi. U O‘zbekistonning Shveytsariya va Chexiyadagi o‘rindoshlik asosida elchisi ham hisoblanadi.
Mavzuga oid
15:28 / 02.03.2026
Yanvarda tashqi savdo aylanmasi 1,3 mlrd dollarga oshdi
18:10 / 28.02.2026
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi vatandoshlarni ogohlantirdi
14:16 / 25.02.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonda temir va mis konlarini qidirishni boshladi
13:25 / 23.02.2026