Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrovning bayonotlari Rossiya–AQSh muzokaralarida ixtilof chiqardi – OAV
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Sergey Lavrovning Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari «Rossiyani izolyatsiya qilish mantig‘iga» qurilsa, «rad etilishi» haqidagi bayonoti Rossiyaning AQSh bilan muzokaralarini «amalda barbod qildi», deb yozdi Bloomberg vaziyatdan xabardor yevropalik amaldorga tayanib.
Foto: RIA Novosti
Manbaga ko‘ra, endi Kreml Oq uyni xavfsizlik kafolatidan voz kechishga va AQSh yangi sanksiyalaridan qochish uchun Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi uchrashuvlarni mamlakat prezidentlaridan quyi darajadagi amaldorlargacha pasaytirishga ko‘ndirishi mumkin.
Bloomberg suhbatlashgan Yevropaning bir necha yuqori martabali amaldorlari va diplomatlari Lavrovning bayonotlarini jarayonni cho‘zishga urinish sifatida ko‘rmoqda va Putin kelishuv tuzishga tayyorligiga shubha qilmoqda.
Bir kun avval Sergey Lavrov Alyaskadagi sammitdan so‘ng «Yevropa davlatlari Zelenskiyning ortidan Vashingtonga borgani» va u yerda «xavfsizlik kafolatlari Rossiyani izolyatsiya qilish mantig‘iga ko‘ra qurilishiga» qaratilgan «o‘z kun tartibini ilgari surishga» uringanini aytdi. «Albatta, bu bizda to‘liq rad etishdan boshqa hech qanday his-tuyg‘uni uyg‘otmaydi», deb qo‘shimcha qildi u.
Lavrov so‘zlariga ko‘ra, «jamoaviy xavfsizlik masalalarini» Rossiyasiz hal qilish takliflari aslo maqbul emas. U 2022 yil bahorida Istanbulda bo‘lib o‘tgan muzokaralarni yana bir bor eslatdi va Rossiya o‘sha paytda taklif qilingan xavfsizlik kafolatlarini jamoaviy taqdim etish tamoyilini «mutlaqo tabiiy va bugungi kunda dolzarb» deb hisoblashini aytdi. Ukraina delegatsiyasi o‘sha muzokaralarda kelishuvga Rossiya, Xitoy, Fransiya, AQSh va Buyuk Britaniyani o‘z ichiga olgan BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari tomonidan xavfsizlik kafolatlarini ishlab chiqish to‘g‘risidagi bandni kiritishni taklif qilgan edi.
Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari Oq uydagi muhokamalarning asosiy mavzularidan biriga aylandi, u yerda Donald Tramp 18 avgust kuni Volodimir Zelenskiy va Yevropa davlatlari rahbarlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvdan so‘ng, Tramp Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari Yevropaning turli davlatlari tomonidan AQSh bilan kelishilgan holda taqdim etilishini aytdi, biroq bunda Amerika qanday rol o‘ynashiga aniqlik kiritmadi. Yevropa davlatlari, o‘z navbatida, Ukrainada kontingent joylashtirishni muhokama qilmoqda, ammo hozircha ular o‘rtasida bu masalada birlik yo‘q, garchi Fransiya va Buyuk Britaniyada harbiylarni jo‘natishga tayyor ekanini bildirgan bo‘lsa-da. Moskva ilgari ham Ukrainada xorijiy qo‘shinlarning bo‘lishi Rossiya uchun «mutlaqo nomaqbul» ekanini bir necha bor ta’kidlagan.
Mavzuga oid
13:45
Kipr: Ukraina YeI Kengashiga raislik davrida ustuvor yo‘nalish bo‘ladi
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:21
OAV: London Ukrainaga RFning 9 mlrd yevrolik aktivlarini topshirishga tayyor
09:00