Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Raqamli qishloq xo‘jaligi» yagona platformasi joriy etiladi
Qishloq xo‘jaligi sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish choralari belgilandi.
«Qishloq xo‘jaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi:
- qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan 4 mln gektardan ortiq yer maydonida ekinlarni ekish va sug‘orish jarayonlarini raqamlashtirish;
- qishloq xo‘jaligi sohasida joriy etilgan 30 tadan ortiq axborot tizimlarini «yagona nuqta»ga birlashtirish orqali foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish hamda ma’lumotlarning o‘zaro muvofiqligi va ishonchliligini ta’minlash.
2026 yil hosilidan boshlab qishloq xo‘jaligi tashkilotlari o‘ziga tegishli yer uchastkalariga ekish rejalashtirilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni «Raqamli qishloq xo‘jaligi» yagona integratsion platformasiga (Agroportal) mustaqil joylashtiradi.
Agroportal qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar uchun sohada xizmat ko‘rsatishning «yagona nuqtasi» sifatida e’tirof etiladi.
Mavzuga oid
17:29 / 09.07.2026
Haydovchilar pasport yo guvohnoma ko‘tarib yurish majburiyatidan qachon xalos bo‘ladi?
15:50 / 07.07.2026
O‘zbekistonda milliy navigatsiya tizimi yaratiladi
17:51 / 22.06.2026
Mahallani rivojlantirish milliy instituti tashkil etiladi
18:13 / 21.05.2026