Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh yuk mashinalari haydovchilariga viza berishni to‘xtatdi
Avvalroq AQSh Davlat departamenti amaldagi Amerika vizasiga ega bo‘lgan 55 milliondan ortiq xorijlik migratsiya qonunchiligini buzish ehtimoli bo‘yicha tekshirilayotganini ma’lum qilgandi.
Foto: AP
AQSh davlat kotibi Marko Rubio X tarmog‘idagi sahifasida mamlakat hukumati xorijlik yuk mashinalari haydovchilariga ishchi viza berishni zudlik bilan to‘xtatishini ma’lum qildi.
«AQSh yo‘llarida tirkamali ulkan yuk mashinalarini boshqaruvchi xorijlik haydovchilar sonining ko‘payib borayotgani amerikaliklar hayotini xavf ostiga qo‘ymoqda va amerikalik haydovchilarning daromadlariga putur yetkazmoqda», — deb yozdi Rubio.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayrim xorijliklarga AQShga kirish uchun viza olishda qo‘shimcha 15 ming dollargacha garov puli kerak bo‘ladi. Garov puli xorij fuqarosi AQShdan o‘z vaqtida chiqib ketayotganida qaytarib beriladi.
Avvalroq AQSh Davlat departamenti amaldagi Amerika vizasiga ega bo‘lgan 55 milliondan ortiq xorijlikning migratsiya qonunchiligini buzish ehtimoli bo‘yicha tekshirayotganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
23:16 / 18.05.2026
AQSh Eronning kelishuv bo‘yicha yangi taklifini «yetarli emas» deb hisobladi
08:56 / 18.05.2026
Politico: Tramp Grenlandiya bilan alohida kelishuv tayyorlamoqda
05:09 / 18.05.2026
AQShda aviashou vaqtida ikki qiruvchi samolyot to‘qnashib, portlab ketdi
20:41 / 17.05.2026