Jahon | 07:42 / 25.08.2025
4412
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya-Gurjiston chegarasidan 65 nafar fuqaro Ukrainaga qaytdi

O‘tgan oylarda u yerga Rossiya Federatsiyasidan olib ketilgan 109 nafar ukrainalik Gurjiston chegarasidan o‘z vataniga qaytarildi. Kiyev deportatsiya qilinganlarni Ukraina bilan chegaraga jo‘natishga chaqirmoqda.

Foto: Facebook / andrij.sybiha

Ukraina hukumati Rossiya va Gurjiston chegarasidagi bufer zonadan 65 nafar fuqaroni qaytardi. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga va ichki ishlar vaziri Igor Klimenko Facebookʼda xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ukrainaga qaytarilganlar orasida 10 nafar ayol va 8 nafar og‘ir kasal bo‘lgan. Ular Moldova hududi orqali tranzit holda o‘z vataniga yetkazilgan. «Ularning barchasi Gurjistonning «Daryali» nazorat-o‘tkazish punktida aslida Rossiya harakatlari natijasida yuzaga kelgan gumanitar inqiroz sharoitida bo‘lgan», — deya ma’lum qildi Sibiga va Klimenko. «Ukraina diplomatlari va konsullari fuqarolarni qaytarish va ularning chegarada bo‘lish shartlarini yaxshilash, xususan, xalqaro tashkilotlarni jalb qilish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirdi». 

Ukraina TIV ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan oylar davomida jami 44 nafar fuqaro mamlakatga qaytarilgan. Shu tariqa, o‘tgan oylarda «Daryali» nazorat-o‘tkazish punktidan qaytarilgan ukrainaliklarning umumiy soni 109 kishini tashkil qilgan.

Mavzuga oid