Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ryutte Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini talab qildi
Xavfsizlik kafolatlari Rossiya Ukraina hududini boshqa hech qachon bosib olishga urinmasligini ta’minlashi kerak, dedi Kiyevda NATO bosh kotibi Mark Ryutte.
Ukraina G‘arb ittifoqchilaridan ishonchli xavfsizlik kafolatlarini olishi kerak, dedi NATO bosh kotibi Mark Ryutte Kiyevda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan qo‘shma matbuot anjumanida.
Ryuttening so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi ehtimoliy uchrashuv bo‘lgunga qadar, Ukraina «aniq do‘stlar kuchiga» ega bo‘lishi kerak. «Va biz hozir aynan shu narsa ustida ishlayapmiz», deb qo‘shimcha qildi Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibi.
NATO bosh kotibi, shuningdek, ishlab chiqilayotgan xavfsizlik kafolatlari Rossiya «boshqa hech qachon Ukrainaning bir kvadrat kilometrini egallab olishga urinmasligini» ta’minlashi kerakligini ta’kidladi. Ryuttening so‘zlariga ko‘ra, NATO va Qo‘shma Shtatlar bunday kafolatlarni taqdim etishda ishtirok etadi.
Ryutte, shuningdek, Yevropa va AQShning xavfsizlik kafolatlari Ukraina mudofaasining «ikkinchi qatlami» bo‘lishini, birinchisi, Ukraina armiyasining o‘zini kuchaytirishini t a’kidladi.
Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
20:44 / 26.06.2026
«Qamalda yashayapmiz». Qrimdagi vaziyat og‘irlashmoqda
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
23:05 / 25.06.2026