Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya tashqi ishlar vaziri: Putin vaqtni cho‘zmasligi kerak
Germaniya tashqi ishlar vaziri Rossiya prezidentini muzokaralar o‘tkazish masalasida vaqtni cho‘zishga yo‘l qo‘yilmasligi haqida ogohlantirdi. Aks holda, Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilinadi, dedi Yoxann Vadeful.
Foto: Stipe Majic/Anadolu Agency/IMAGO
Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukraina yetakchisi Volodimir Zelenskiy bilan imkon qadar tezroq ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishga chaqirib, Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llash bilan tahdid qildi. «Agar prezident Putin vaqtni cho‘zishim mumkin deb hisoblasa, bu noto‘g‘ri», dedi u 25 avgust, dushanba kuni Zagrebda xorvatiyalik hamkasbi Gordan Grlich-Radman bilan uchrashuvda.
Vadefulning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga bosim o‘tkazishda davom etish kerak va shuning uchun Yevropa Ittifoqi Rossiya Federatsiyasiga qarshi 19-sanksiya paketini tayyorlamoqda. Germaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbarining ta’kidlashicha, endi Putin Ukrainada olib borilayotgan urushda adolatli tinchlikka erishish uchun harakat qilishga chinakam tayyor ekanligini isbotlashi kerak. «Aftidan, bu borada jiddiy shubhalar bor», — deya ta’kidladi u va Kiyev hech qanday qo‘shimcha shartlarsiz tinchlik muzokaralariga rozilik berib, allaqachon oldinga qadam tashlaganini qo‘shimcha qildi.
Shu bilan birga, Vadeful shunday ta’kidladi: «Bir narsa aniq: ukrainaliklar ortidan hech qanday muzokara olib borilmaydi. Bu bizning umumiy Yevropa va’damiz». Ukraina «biz uni siyosiy, iqtisodiy va harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda davom etishimizga ishonishi mumkin», deb va’da berdi nemis vaziri.
Mavzuga oid
23:38 / 22.04.2026
Germaniya harbiy strategiyani qabul qildi va Rossiyani asosiy tahdid deb atadi
18:52 / 21.04.2026
Rossiya Qozog‘iston neftini Yevropaga yetkazib berishni to‘xtatadi
08:50 / 15.04.2026
Zelenskiy: Erondagi urush sabab AQShning Ukrainaga vaqti yo‘q
10:13 / 08.04.2026