Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston rossiyaliklarning bank hisoblari haqida ma’lumot yig‘ishni boshladi
Sentyabr oyidan boshlab arman banklari va brokerlari mamlakatda hisob raqamlariga ega bo‘lgan rossiyaliklar haqidagi ma’lumotlarni Rossiya Federatsiyasiga taqdim etishi shart. Ular allaqachon Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lgan mijozlardan soliq rezidentligi haqidagi ma’lumotlarni so‘rashni boshlagan.
Armaniston banklari va brokerlari mamlakatda hisob raqamlariga ega bo‘lgan rossiyaliklardan soliq rezidentligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘rashni boshladi, deb xabar berdi RBK.
2025 yil sentabr oyida Armaniston va Rossiya o‘rtasida moliyaviy ma’lumotlarning avtomatik almashinuvi boshlanadi. Shunday qilib, rossiyaliklarning bank va brokerlik hisoblaridagi aktivlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Federal soliq xizmati uchun ochiladi.
Axborot almashinuvi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti standartiga muvofiq amalga oshiriladi. Armaniston 2023 yil kuzida MLI BEPS konvensiyasini ratifikatsiya qilganda unga rioya qilish majburiyatini oldi. Shartnoma va standartning maqsadi soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash va ikki tomonlama soliqqa qarshi kurashishdan iborat.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
09:45 / 15.06.2026
Armaniston sobiq prezidentiga mamlakatdan chiqish taqiqlandi
15:04 / 13.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
10:45 / 13.06.2026