Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda birinchi marta odamga cho‘chqa o‘pkasi ko‘chirib o‘tkazildi
Operatsiyadan so‘ng o‘pka 216 soat (to‘qqiz kun) davomida o‘tkir rad etish yoki infeksiya belgilarisiz hayotchanligini saqlab qoldi.
Xitoylik olimlar dunyoda birinchi bo‘lib cho‘chqa o‘pkasini odamga ko‘chirib o‘tkazdi, deb xabar beradi Nature Medicine.
Tajriba Guanchjoudagi tibbiyot markazida o‘tkazildi. O‘pka qon quyilishidan keyin miyasi o‘lgan 39 yoshli retsipiyent erkakka transplantatsiya qilindi. Ushbu shart shifokorlarga axloq me’yorlarini buzmaslik va real vaziyatga maksimal darajada yaqin bo‘lgan sharoitlarda qimmatli ma’lumotlarni olish imkonini berdi.
Operatsiyadan so‘ng o‘pka 216 soat (to‘qqiz kun) davomida o‘tkir rad etish yoki infeksiya belgilarisiz hayotchanligini saqlab qoldi. Biroq, transplantatsiyadan bir kun o‘tgach, shifokorlar transplantat disfunksiyasini eslatuvchi kuchli shishni kuzatdilar.
«Ushbu tadqiqot cho‘chqadan odamga o‘pkani ksenotransplantatsiya qilish imkoniyati borligini ko‘rsatsa-da, a’zoning rad etilishi va infeksiya bilan bog‘liq jiddiy muammolar saqlanib qolmoqda va ushbu amaliyotni klinik amaliyotga joriy etish uchun qo‘shimcha klinik oldi tadqiqotlar zarur», deyiladi xabarda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tirik bemorlarda cho‘chqa o‘pkasidan foydalanishga hali ancha bor. O‘pka ko‘chirib o‘tkazish murakkab jarayon, chunki u tashqi muhit bilan aloqada bo‘ladi va organning immun tizimi bunga juda sezgir.
Olimlarning e’tirof etishicha, bu usul takomillashtirishni talab qiladi: transplantatsiya xavfsiz bo‘lishi uchun genetik modifikatsiyalar, organlarni saqlash usullari va immunitet reaksiyasini bostirish sxemalarini takomillashtirish kerak.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026