Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshada F-16 qiruvchisi aviashou repetitsiyasida halokatga uchradi
Qiruvchi samolyot 30-31 avgust kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan AirShow Radom xalqaro aviasaloniga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi, deb xabar bermoqda Polsha OAV. Uchuvchi halok bo‘ldi.
Polsha harbiy-havo kuchlarining F-16 qiruvchi samolyoti mamlakatning markaziy qismidagi Radom shahri yaqinida aviashou repetitsiyasi chog‘ida halokatga uchradi, deb xabar qildi hukumat vakili Adam Shlapka 28 avgust, payshanba kuni.
«Radomda fojia yuz berdi. F-16 samolyoti aviashouga tayyorgarlik paytida halokatga uchradi. Afsuski, uchuvchi halok bo‘ldi», deb yozdi Shlapka X ijtimoiy tarmog‘ida. Hodisa guvohlari halokat lahzasini videoga olgan. Kadrlarda samolyotning katta balandlikdan keskin qulagani, keyin yerga tushgani va manyovrlarni bajargandan so‘ng portlagani ko‘rsatilgan.
Halokat sabablari haqida ma’lumot berilmagan. Polsha matbuotiga ko‘ra, qiruvchi samolyot 30-31 avgust kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan AirShow Radom xalqaro aviasaloniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida rejali parvozni amalga oshirgan. Aviashou endi bo‘lib o‘tishi yoki o‘tkazilmasligi noma’lum.
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
09:54 / 28.03.2026
Polsha minglab o‘zbekistonliklarni ishga olmoqchi
11:53 / 25.03.2026
Polshada O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
18:09 / 23.03.2026