O‘zbekiston | 13:15 / 29.08.2025
2545
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonning migrantlarni tayyorlash markazi O‘zbekistonda o‘z filialini ochadi

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida Qozog‘istonning Atirau shahridagi APEC Training Center xalqaro o‘quv markazi delegatsiyasining O‘zbekistonga amaliy safari tashkil etildi.

Foto: Dunyo

Qozog‘iston vakillari safar davomida O‘zbekiston Migratsiya agentligi mutasaddilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda O‘zbekiston fuqarolarini xorijda, birinchi navbatda Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ishga joylashtirish, O‘zbekistonda APEC Training Center o‘quv markazi vakolatxonasini ochish va qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.

APEC Training Center xalqaro o‘quv markazi xodimlari, shuningdek, Angren shahridagi Migratsiya agentligi o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot chog‘ida NCCER va City & Guilds akkreditatsiya tartibi xususida fikr almashildi. Mazkur tizimni O‘zbekiston hududida tatbiq qilish hamda o‘quv dasturlarini mamlakatda qo‘llash tizimini o‘rganishga kelishib olindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid