Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ta’lim-tarbiya, aholi salomatligi uchun qancha kuch va mablag‘ kerak bo‘lsa, barchasini safarbar etamiz – Shavkat Mirziyoyev
Prezident Mustaqillikning 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida nutq qilib, ijtimoiy himoya, sifatli ta’lim-tarbiya va aholi salomatligi bo‘yicha barcha ishlarga yangi shiddat berilishini ta’kidladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida davlat mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida nutq qildi.
Davlat rahbari ijtimoiy himoya siyosatining butunlay yangi modeli yaratilganini ta’kidladi. Bu yilning o‘zida yordamga muhtoj aholini ijtimoiy himoya qilishga 19 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirilayotgani ta’kidlandi.
«Biz tadbirkorlikni rivojlantirish, keksalar, xotin-qizlar, yoshlar, ijtimoiy yordamga muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlarimizga yangi shiddat beramiz. Xalqimiz uchun munosib sharoitlar yaratish borasidagi islohotlarimiz bir daqiqa ham to‘xtamaydi», dedi davlat rahbari.
Sifatli ta’lim-tarbiya, aholi salomatligi kelgusi taraqqiyotimizni hal qiladigan eng muhim masala ekani ta’kidlandi.
«O‘tgan yili yurtimiz yoshlari Top-500 talik oliygohlarga kirish bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni egallagani barchamizni albatta quvontiradi. Ayniqsa, farzandlari dunyodagi eng nufuzli universitetlarda ta’lim olayotgan ota-onalarning xursandchiligini so‘z bilan ifoda qilib bo‘lmaydi», dedi prezident.
So‘nggi yillarda tibbiyot uchun mablag‘lar 6 karra oshirildi, sifatli tibbiy xizmatlar mahallagacha tushirildi. Aholining turmush sharoitlari yaxshilanib borayotgani natijasida o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 73,8 yoshdan 75,1 yoshga uzaydi.
«Biz ta’lim-tarbiya uchun, aholi salomatligi uchun, muallim va shifokorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qancha kuch va mablag‘ kerak bo‘lsa, barchasini safarbar etamiz!» dedi prezident.
Davlat rahbari sport sohasidagi yutuqlarni ham e’tirof etdi.
«Sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, O‘zbekistonni chinakam sport mamlakatiga aylantirish maqsadida istiqbolli o‘g‘il-qizlarimizga atab Toshkentda ulkan Olimpiya shaharchasini barpo etdik. Mamlakatimiz tarixida birinchi marta zamonaviy ta’lim va bilim beradigan Futbol akademiyasi qad ko‘tardi. Ishonchim komil, zamonaviy sport arxitekturasining noyob durdonasi bo‘lgan ushbu majmualar minglab bo‘lg‘usi chempionlarimiz uchun yuksak parvoz maydoniga aylanadi», dedi prezident.
Mavzuga oid
11:30 / 04.12.2025
O‘zbekistonda ta’lim olayotgan xorijliklar: eng ko‘p Hindiston va Turkmaniston fuqarolari
16:33 / 29.11.2025
O‘zbekiston OTMda biznes-ta’limga AMBA akkreditatsiyasi joriy etiladi
22:23 / 23.11.2025
Migrant bolalarning 80 foizi Rossiya maktablariga qabul qilinmadi
19:06 / 19.11.2025