Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abu Rayhon Beruniy universitetining litsenziyasida muammo yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Vazirlik sudda yutqazgan
Kun.uz'ning Oliy ta’lim vazirligi 5 ta xususiy universitetning qo‘shimcha litsenziyasini xatoga chiqargani haqidagi xabarida Abu Rayhon Beruniy universitetining litsenziyasi bilan bog‘liq holat esga olingandi. Ma’lum bo‘lishicha, vazirlikning ushbu OTM litsenziyasini bekor qilish yuzasidan kiritgan arizasi sudda rad etilgan.
Foto: Abu Rayhon Beruniy universiteti
29 avgust kuni 5 ta xususiy universitet faoliyatini kengaytirishga litsenziya oldi, lekin Oliy ta’lim vazirligi bunga “Lisenziya” axborot tizimidagi texnik nosozlik sabab bo‘lganini aytib chiqdi. Adliya vazirligi nosozlik bo‘lganini rad etdi.
Kun.uz bu haqda bergan xabarida Abu Rayhon Beruniy universiteti bilan bog‘liq bir yil avvalgi holatni eslagandi. Oliy ta’lim vazirligi ushbu universitetning litsenziyasi ham “texnik nosozlik sababli xato berilgan” degan vaj bilan uni bekor qilish haqida sudga ariza kiritgan, lekin yutqazgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi iqtisodiy sudga ariza bilan murojaat qilib, javobgar “Abu Rayhon Beruniy Universiteti” NTMga 2024 yil 21 avgust sanasida nodavlat ta’lim xizmatlarini kŭrsatish uchun berilgan 363695-sonli litsenziyasini bekor qilishni sŭragan.
Toshkent tumanlararo iqtisodiĭ sudining 2024 yil 19 noyabrdagi hal qiluv qarori bilan arizani qanoatlantirish rad etilgan. Shundan so‘ng bu ish yuqori instansiyalarda qayta ko‘rilmagan.
Ayni paytda Abu Rayhon Beruniy universitetining litsenziyasi faol bo‘lib turibdi. Uni ushbu havola orqali ko‘rish mumkin.
Mavzuga oid
19:38 / 04.12.2025
Andijon tibbiyot instituti talabalariga ijara kompensatsiyasi nega bekor qilindi?
09:36 / 01.12.2025
Qishki o‘qishni ko‘chirish: talabalardan ariza qabul qilish 20 dekabrdan boshlanadi
16:33 / 29.11.2025
O‘zbekiston OTMda biznes-ta’limga AMBA akkreditatsiyasi joriy etiladi
09:44 / 26.11.2025