Özbekiston moliya vazirining sobiq örinbosari Odilbek Isoqov “Lolazor” podkastida davlat banklari transformatsiyasi, ularning xususiylaştirilişi va sohadagi hozirgi jarayonlarga töxtaldi. Uning sözlariga köra, banklar transformatsiyasi çözilib ketayotgani bejiz emas, bunga bir neçta sabablar bor.
“Rossiya–Ukraina uruşi hududimizdagi investorlarning strategik obektlarni sotib olişga qiziqişini kamaytirdi. Bundan taşqari, 20–25 yil oldin bölgani kabi katta banklar endi yangi bozorlardan bank sotib olişmayapti. Öşa paytda Koreyadan, Yevropadan, Qozoğistondan banklar kirib kelgan edi. Bu ularga biznesini kengaytiriş va riskini diversifikatsiya qiliş imkonini bergan. Hozir esa ular uçun bu manfaatli emas”, — dedi Isoqov.
Uning fikriça, bugun bankni sotib oluvçi kam va sotuv jarayoni murakkablaşgan. Şunga qaramay, transformatsiya jarayoni töxtamaydi.
“Davlat banklarida rentabellik past”
Isoqovning ta’kidlaşiça, 2018–2019 yillarda boşlangan islohotlar muayyan natija bergan bölsa-da, hali köp özgarişlar qiliş kerak.
“Gap 7 yilning kamligida emas, balki banklar rahbarlariga qöyilayotgan KPI’larda. Xususiy banklarda foydaning kapitalga nisbati 30–35 foiz, ba’zida undan ham yuqori. Davlat banklarida esa ayrimlari salbiy, faqat 2–3 tasida 10 foizdan yuqori körsatkiç bor. Bu körsatkiçlarni oşiriş şart. Şuningdek, muammoli aktivlar foizi 2–3 atrofida uşlab turilişi zarur. Kapital yetarliligi ham muhim – banklar hozir 15–16 foizni uşlab turibdi”, — deya izoh berdi sobiq vazir örinbosari.
Isoqov iqtisodiyot ösayotganini, banklarning foydaliligini oşiriş uçun imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi. Şu bilan birga, davlat topşiriqlari banklar faoliyatining tijorat qismini çeklamasligi lozimligini ta’kidladi.
“Davlat topşiriqlari bilan 2–3 ta blok işlasin, qolgan bloklar esa pul topiş bilan şuğullansin. Şunda transformatsiyani muvaffaqiyatli yakunlaş mumkin böladi”, — dedi u.
“Bank tizimi 80–90 foiz davlat qölida bölmasligi kerak”
Isoqovning sözlariga köra, köp mamlakatlarda davlat banklari soni juda kam.
“Bank tizimining 80–90 foizi davlatga tegişli bölmasligi kerak. Qozoğistonda ham 1–2 ta rivojlaniş banki bor. Lekin bu davlat biz uçun yaxşi misol emas, çunki inqiroz davrida bir neçta davlat banklari yopilgan. Bizda qarorga köra, uçta bank davlat ixtiyorida qoladi: Özmilliybank, Mikrokreditbank va Agrobank. Qolganlarini baribir xususiylaştiriş kerak. Bu IPO yoki mahalliy investorlarga sotiş orqali böladimi – baribir, bank tizimini konsolidatsiyalaş vaqti keldi”, — deya xulosa qildi Isoqov.
















