Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston va Belarus prezidentlari amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 avgust kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbari Belarus yetakchisini tavallud kuni bilan tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, do‘st Belarus xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
Belarus prezidenti, o‘z navbatida, O‘zbekiston yetakchisi va ko‘p millatli xalqini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik kuni bilan qutlab, bardavom taraqqiyot va ravnaq tiladi.
Aleksandr Lukashenkoning o‘tgan yil fevral oyida O‘zbekistonga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston-Belarus ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Turli darajalardagi muloqot va almashinuvlar samarali bo‘layotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi yil boshidan buyon 30 foizga oshdi. Yetakchi korxonalarning qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, mashinasozlik, to‘qimachilik va boshqa tarmoqlardagi kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Parlamentlararo, ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar aloqalar faol rivojlanmoqda.
O‘zbekiston va Belarus yetakchilari bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuv va tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdi.
Mavzuga oid
21:24 / 27.11.2025
Lukashenko sobiq prezident Bakiyevni Qirg‘izistonga bermasligini aytdi
15:36 / 27.11.2025
Vashington Minskdan 100 dan ortiq siyosiy mahbusni qo‘yib yuborishni talab qilmoqda
22:24 / 10.11.2025
Lukashenko mobil telefonsiz qanday yashash mumkinligini aytdi
22:49 / 04.11.2025