Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tashabbusli budjet» haqidagi noto‘g‘ri mish-mishlar rad etildi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi izohiga ko‘ra, «Tashabbusli budjet» doirasida loyihalarga ovoz to‘plash hamda eng ko‘p ovoz to‘plagan loyihalar orasidan g‘oliblarni aniqlash amaliyoti saqlab qolinadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Tashabbusli budjet» jarayonida ovoz berish amaliyoti bekor qilingani haqidagi xabarlarni rad qildi.
Qayd qilinishicha, «Tashabbusli budjet» jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilingan prezident qarorida 2026 yildan boshlab, ijtimoiy masalalarga oid loyihalarni aholi va davlat o‘rtasida sheriklik asosida moliyalashtirish tartibi joriy etilishi belgilangan.
«Bunda ayrim fuqarolar tomonidan mazkur band noto‘g‘ri talqin qilinib, endi tashabbusli budjetda ovoz berish amaliyoti bo‘lmas ekan, degan tushuncha shakllanmoqda», deyiladi bayonotda.
Ta’kidlanishicha, «Tashabbusli budjet» doirasida loyihalarga ovoz to‘plash hamda eng ko‘p ovoz to‘plagan loyihalar orasidan g‘oliblarni aniqlash amaliyoti saqlab qolinadi hamda ushbu yo‘nalish uchun har yili Davlat budjetidan tegishli mablag‘lar ajratilishi davom ettiriladi.
«Qabul qilingan qarorga ko‘ra, mazkur amaliyotga qo‘shimcha ravishda, mahallalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida hamda faol mahallalardan kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda loyihalarni sherikchilik asosida moliyalashtirish amaliyoti joriy etiladi. Bunda, mahallalar ixtiyoriy ravishda o‘z loyihalarini bir qismini moliyalashtirgan holda loyihalarni sherikchilik asosida amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Sherikchilik asosida loyihalarni moliyalashtirmagan mahallalar an’anaviy ravishda «Tashabbusli budjet» jarayonida ovoz to‘plagan holda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi», deyiladi bayonotda.
Mavzuga oid
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
11:08 / 07.07.2026
«Tashabbusli budjet»ning 11-mavsumi 15 iyuldan start oladi
08:43 / 06.07.2026
Dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari reytingi e’lon qilindi
17:35 / 30.06.2026