Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil HAMASning xorijdagi yetakchilarini ham yo‘q qilishini bildirdi
Isroil mudofaa armiyasi bosh shtabi boshlig‘i Eyal Zamir HAMASning yuqori martabali yetakchilaridan biri Abu Ubayda o‘ldirilganini ma’lum qildi.
Isroil harbiylari HAMAS harakatining boshqa mamlakatlardagi yetakchilarini ham yo‘q qilishda davom etadi. Bu haqda Isroil mudofaa armiyasi bosh shtabi boshlig‘i Eyal Zamir ma’lum qildi.
"Isroil mudofaa armiyasi tashabbus va operativ ustunlikka ega bo‘lgan holda barcha yo‘nalishlarda hujumlarni amalga oshirmoqda. Kecha G‘azo sektorida HAMASning yuqori martabali yetakchilaridan biri Abu Ubaydani yo‘q qildik. Harakatlarimiz hali tugamadi, HAMASning qolgan rahbarlarining aksariyat qismi xorijda va biz ularga ham yetib boramiz", - dedi Zamir.
Uning qo‘shimcha qilishicha, armiya G‘azodagi barcha isroillik asirlarni qutqarish borasidagi urinishlarini to‘xtatmaydi.
"Biz ularni qaytarish uchun keskinroq harakat qilishda davom etamiz va buning uchun kuchimizni ayamaymiz, bu bizning ma’naviy burchimiz", - dedi Eyal Zamir.
28 avgust kuni Isroilning Yamanga bergan zarbasi oqibatida bosh vazir Ahmad Ar-Rahoviy va husiychilar hukumatining bir necha vaziri halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
21:22 / 16.04.2026
Tramp Isroil va Livan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganini e’lon qildi
18:29 / 16.04.2026
Eron AQSh va Isroilni mamlakat rahbariyatining o‘ldirilishi uchun javobgarlikka tortmoqchi
11:44 / 16.04.2026
Isroil va Livan 30 yildan so‘ng muzokara stoliga qaytadi
09:41 / 15.04.2026