Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya 15 yilda birinchi marta KXDR aholisi uchun targ‘ibot radiosini to‘xtatdi
«Ozodlik ovozi» radiosida KXDR hukumatini tanqid qiluvchi dasturlar, shuningdek, K-pop ijrochilarning konsertlari efirga uzatilayotgan edi.
Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi 1 sentabrdan Shimoliy Koreya aholisi uchun efirga uzatilayotgan «Ozodlik ovozi» radiostansiyasini to‘xtatdi.
Vazirlik «Koreyalararo harbiy keskinlikni yumshatish bo‘yicha sa’y-harakatlar doirasida» targ‘ibot stansiyasining efirini to‘xtatishga qaror qildi, deb yozdi Yonhap agentligi.
«Ozodlik ovozi» 1962 yilda efirga uzatilgan. The Korea Herald nashrining yozishicha, shu vaqtda ikki Koreya o‘rtasidagi munosabatlar qanday bo‘lganiga qarab, radiostansiya faoliyati bir necha bor to‘xtatilgan va qayta tiklangan.
Avvalgi marta eshittirish 15 yil oldin qayta tiklangan edi. Shunda «Ozodlik ovozi» 2010 yil may oyida Janubiy Koreyaning «Chxonan» harbiy kemasi Sariq dengizda cho‘kib ketganidan keyin yana efirga uzatilgan (uning halokatida KXDR ayblangan).
«Ozodlik ovozi» radiosida KXDR hukumatini tanqid qiluvchi dasturlar, shuningdek, K-pop ijrochilarning konsertlari efirga uzatilayotgan edi.
Janubiy Koreya iyun oyida Li Chjye Myon mamlakat prezidenti bo‘lganidan keyin KXDR aholisi uchun mo‘ljallangan targ‘ibot radiodasturlarini efirga uzatishni to‘xtata boshladi. Rasmiy Seul «Xalq ovozi», «Umid sadosi» va «Islohotlar radiosi» stansiyalari efirini uzdi. Bundan tashqari, avgust oyida Janubiy Koreya harbiylari chegaradagi ovoz kuchaytirgichlarni demontaj qildi, ular orqali targ‘ibot dasturlari efirga uzatilayotgan edi.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
19:26 / 06.05.2026