Turizm | 07:38 / 01.09.2025
1491
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Malayziyada "ziyorat turizm", "qishki turizm" turpaketlari sotuvini yo‘lga qo‘yadi

Mamlakat elchixonasida O‘zbekiston turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot tadbiri tashkil etildi.

Foto: AP

Tadbirda MATTA Malayziya sayyohlik kompaniyalari assotsiatsiyasi, BUMITRA mahalliy musulmon sayyohlik kompaniyalari assotsiatsiyasi kabi Malayziyaning yetakchi kompaniyalari va turoperatorlar vakillari ishtirok etdi.

Chet ellik sayyohlarni respublikaga keng jalb qilish maqsadida 90 dan ortiq xorijiy davlatlar, jumladan, Malayziya fuqarolari uchun vizasiz rejim amal qilishi ta’kidlandi.

Ishtirokchilarga respublika turkompaniyalari tomonidan taqdim etilayotgan sayyohlik xizmatlari, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlari va poytaxtimizning turizm dasturlari, "ziyorat turizm", "gastronomik turizm", "qishki turizm", "MICE turizm" kabi turpaketlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyacining Kuala-Lumpurdagi vakolatxonasi vakillari bugungi kunda Toshkent va Kuala-Lumpur shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar mavjudligi, aviakompaniya tomonidan yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida taqdimot o‘tkazdi. Ushbu to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar Markaziy Osiyo va Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqalari o‘rtasidagi sayyohlar oqimini ko‘paytirishga xizmat qilishi ma’lum qilindi.

Ikki mamlakat turoperatorlarining B2B shaklidagi uchrashuvlari doirasida "ziyorat turizm", "qishki turizm" turpaketlarni sotuvini Malayziyada keng yo‘lga qo‘yish orqali respublikaga sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid