Jahon | 14:42 / 01.09.2025
2150
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya 39 polshalik baykerga memorialdagi aksiya tufayli kirishni taqiqladi

Belarus orqali kirib kelgan polyaklar Tver viloyatidagi Polsha harbiy qabristonida aksiya o‘tkazdi – ular duo o‘qib, mash’alalar yoqdi va gulchambarlar qo‘ydi. Ichki ishlar vazirligi ularni ruxsat etilmagan aksiyada aybladi.

Foto: Videodan kadr

Rossiya Ichki ishlar vazirligi Tver viloyatidagi «Mednoye» yodgorlik majmuasida aksiya o‘tkazgani uchun Polshadan kelgan baykerlarning Rossiyaga kirishini taqiqladi. Ruxsat etilmagan tadbir o‘tkazgani uchun 39 nafar Polsha fuqarosiga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzilib, ularga 5 yilga kirishi taqiqlandi, deb xabar qildi 31 avgust, yakshanba kuni IIV mintaqaviy boshqarmasi.

"Mediazona" ta’kidlaganidek, Belarus orqali kelgan polshalik baykerlar Polsha harbiy qabristoniga Polsha bayrog‘i rangidagi «Mednoye yodimizda» yozuvi tushirilgan gulchambarlar qo‘yib, duo o‘qib, mash’alalar yoqqan. Taxminlarga ko‘ra, voqea 27 avgust kuni bo‘lib o‘tgan, garchi bu haqda Rossiya davlat OAV 30 avgust kuni yozgan bo‘lsa-da, deya qayd etadi nashr.

"Mediazona" xabariga ko‘ra, gap «Lyublyu Polsha» (Stowarzyszenie Kocham Polskę) uyushmasi a’zolari haqida ketyapti. Ularning Facebookʼdagi postlariga ko‘ra, ular Katin o‘rmonidagi yodgorlik, Smolensk yaqinidagi Polsha prezidenti Lex Kachinskiy samolyoti qulagan joyni va Minsk yaqinidagi Kurapati hududini ham ziyorat qilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid